
O‘zbekistonda pedagoglar sudga shikoyat qilganda davlat boji to‘lamasligi belgilandi.
Prezident tomonidan imzolangan «Pedagogning maqomi to‘g‘risida»gi qonun bilan «Davlat boji to‘g‘risida»gi qonunga qo‘shimchalar kiritildi. Unga ko‘ra, endilikda pedagog xodimlar kasbiy faoliyatini amalga oshirish davomida o‘z sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilish bilan bog‘liq ishlar yuzasidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi.
Shuningdek, pedagog xodimlar kasbiy faoliyatini amalga oshirish davomida pedagog xodimlarning huquqlarini buzayotgan davlat organlarining g‘ayriqonuniy qarorlari, mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan Ma’muriy sudlarga shikoyat qilganda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar