Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xorijiy ish beruvchilar bilan hamkorlikda Germaniyada yoshi 18-35 orasida bo‘lgan o‘zbekistonliklar uchun 50 mingta bo‘sh ish o‘rni haqida e’lon berdi.
Unda quyidagi soha va kasblarda bo‘sh o‘rinlari taklif etilmoqda:
- hamshira;
- yuk avtomobili haydovchisi;
- yuk va qishloq xo‘jaligi avtomobillariga texnik xizmat ko‘rsatish;
- mehmonxona;
- restoran;
- turizm;
- hunarmandchilik;
- mexatronika;
- qurilish va boshqa sohalar.
Migratsiya agentligi ma’lumotiga ko‘ra, yuqoridagi soha va kasblarda oylik maosh fuqarolar – Ausbildung asosida ishga jalb qilinganida 1000 yevrodan, to‘g‘ridan to‘g‘ri ishga jalb qilinganida esa 2000 yevrodan boshlanadi.
Agentlikka ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar nemis tili kurslarida o‘qitiladi (yoki nemis tilini B1 darajada bilishi talab etiladi).
Germaniyaga Ausbildung asosida ishga borish haqida quyidagi havola orqali tanishish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Markaziy bank: qoʻngʻiroqqa javob berish bilan kartadagi pullar avtomatik echib olinmaydi
Qidiruvdagi avtomashinaning Navoiy shahrida harakatlanganligi aniqlandi
Koʻproq pensiya olish uchun nima qilish kerak?
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi
Oʻzbekistonga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar
“Mutlaqo maxfiy”: Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd boʻyia jinoyat ishi sudda koʻrilmoqda
FVB boshligʻi 160 ming AQSh dollari olayotganda qoʻlga olindi
Samarqand viloyati IIB tezkor xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi