
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva davlat rahbari tomonidan imzolangan “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonun xususida fikr bildirdi.
Saida Mirziyoyeva mamlakatda pedagoglar huquqlarini himoya qilish va kafolatlashga oid qonunlar qabul qilinganini ta’kidlagan.
“Ular o‘qituvchilarning professional rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitni ta’minlash, shuningdek, mehnat huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.
Jamiyatning yuksalishi, kelgusida liderlar va soha mutaxassislarining yetishib chiqishi ko‘p jihatdan ustozlar va ularning mehnatiga bog‘liq. Shunday ekan, o‘qituvchilik kasbining mavqeyini oshirish choralarini ko‘rmog‘imiz shart”, – deb yozib qoldirgan Prezident yordamchisi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar