00:00 / 04.02.2024
516

O‘zbekistonliklarga qaysi davlatlar qancha maoshli ish taklif qilmoqda?

O‘zbekistonliklarga qaysi davlatlar qancha maoshli ish taklif qilmoqda?
So‘nggi oy davomida qator davlatlar o‘zbekistonliklar uchun turli sohalarda vakansiyalar taqdim etmoqda. Endilikda o‘zbekistonlik migrantlar uchun an’anaga aylangan Rossiya o‘rnini ko‘plab yetakchi mamlakatlar egallamoqda. E’lonlar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan e’lon qilinmoqda.

Xususan, Germaniyada o‘zbekistonliklar uchun 50 ming bo‘sh ish o‘rni taklif qilinmoqda. Xorijiy ish beruvchilar bilan hamkorlikda Germaniyada quyidagi soha va kasblarda bo‘sh o‘rinlari uchun fuqarolarni taklif etilmoqda:
- hamshira;
- yuk avtomobili haydovchisi;
- yuk va qishloq xo‘jaligi avtomobillariga texnik xizmat ko‘rsatish;
- mehmonxona;
- restoran;
- turizm;
- hunarmandchilik;
- mexatronika;
- qurilish va boshqa sohalar.

Oylik maoshi:
- Ausbildung asosida ishga jalb qilish — 1000 yevrodan;
- to‘g‘ridan to‘g‘ri ishga jalb qilish — 2000 yevrodan boshlanadi.
Ro‘yxatdan o‘tish

Germaniyada ushbu sohalarda ishlash istagidagi nomzodlar uchun respublika hududlarida nemis tili kurslarini tashkil etish imkoniyati mavjud.

Shuningdek, ilk bor Koreyaga 2024 yilda ishga yuborish uchun 100 ming nafar o‘zbekistonlik tanlovlarga jalb qilinadi. Koreya E-9 vizasi asosida quyidagi sohalarda xorijda ishlash istagida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari tanlovlarga jalb qilinadi:
- ishlab chiqarish sohasida — 22 ming 248 nafar;
- qishloq xo‘jaligi sohasida — 6 ming 858 nafar;
- xizmat ko‘rsatish (mehmonxona va oshxona ishlari) sohasida — 5 ming 403 nafar (asosan ayollar uchun);
- qurilish sohasida — 2 ming 898 ta.

Dastlabki ro‘yxatdan o‘tish joriy yilning 8—14 fevral kunlari amalga oshiriladi. Nomzodlar yuqoridagi sohalardan faqat bittasini tanlashi kerak. Oylik maosh o‘rtacha 2000-2500 AQSH dollarini tashkil etadi.

Koreyada ushbu sohalarda ishlash istagidagi nomzodlar uchun respublikaning barcha hududlaridagi “Ishga marhamat” monomarkazlarida Qirol Sejong fondining koreyalik professional o‘qituvchilari tomonidan koreys tili kurslari tashkil etilgan.

Shuningdek, 2024 yil davomida E-9 va boshqa ishchi vizalari asosida tanlovlar tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Natijada yil yakuniga qadar 100 mingga yaqin O‘zbekiston fuqarolari tanlovlarga jalb etiladi.

Batafsil ma’lumot uchun: +99871 202 33 55, +99871 200 00 61.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat