Mamlakatimizda yo‘l harakati qoidalarini yanada takomillashtirish, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda haydovchilar va piyodalarning yo‘l harakati qoidalariga rioya etish madaniyatini oshirish, haydovchilarni tayyorlash tizimini yaxshilash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ammo shunga qaramay, yo‘l harakati qoidalariga amal qilmaslik oqibatida yo‘l-transport hodisalari ko‘plab uchramoqda.
Jumladan, 2023 yilning 9 oktyabr kuni soat 22:00 larda D.Eshiyeva o‘zining boshqaruvidagi «Lasetti» avtomashinasida J.Tojiboyev boshqaruvidagi «Neksiya» avtomashinasi bilan to‘qnashib yo‘l transport hodisasi sodir qilgan.
Oqibatda, jinoyat ishlari bo‘yicha Zomin tuman sudining qaroriga asosan D.Eshiyevadan J.Tojiboyevga 33,5 mln. so‘m undirish belgilangan ijro varaqasi Byuroning Zomin tuman bo‘limi ish yurituviga 24.01.2024 yilda kelib tushgan va shu kunning o‘zida ijro ishi qo‘zg‘atilgan.
Davlat ijrochisining majburiy ijro harakatlari davomida qarzdordan mavjud qarzdorlik to‘liq undirilib, ijro ishi amalda tamomlandi.
Avtotransport vositasini boshqarishda yo‘l harakati qoidalariga amal qilgan xolda boshqarish nafaqat o‘zingizni balki boshqalar hayoti va mulkini xavf ostiga qo‘yishdan saqlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Boʻstonliqda qoʻngʻir ayiq oʻldirib ketildi
Markaziy bank: qoʻngʻiroqqa javob berish bilan kartadagi pullar avtomatik echib olinmaydi
Qidiruvdagi avtomashinaning Navoiy shahrida harakatlanganligi aniqlandi
Koʻproq pensiya olish uchun nima qilish kerak?
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi
Oʻzbekistonga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar
“Mutlaqo maxfiy”: Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd boʻyia jinoyat ishi sudda koʻrilmoqda
FVB boshligʻi 160 ming AQSh dollari olayotganda qoʻlga olindi