Majburiy ijro byurosi Mirobod tuman bo‘limi hamda tuman prokuraturasi bilan hamkorlikda, soliq to‘lovlaridan bo‘lgan yirik qarzdorlikka ega bo‘lgan subyektlarning mas’uliyatini oshirish va qarzdorliklarni o‘z vaqtida undirishga qaratilgan amaliy tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Byuroning Mirobod tuman bo‘limi ish yurituvida qarzdor korxonalardan davlat foydasiga soliq qarzdorliklarini undirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Xususan, bo‘lim ish yurituvidagi qarzdor jamiyatdan undiruvchi davlat foydasiga 10 mlrd. 213 mln. 625 ming so‘m miqdorida soliq qarzdorligini undirish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo DSIning 19.01.2024 yildagi qarori mavjud.
Mazkur qarorga asosan Byuroning tuman bo‘limi tomonidan 19.01.2024 yilda ijro ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tomonlarga yuborilgan. Qarzdor tashkilot qonun talabi asosida berilgan ixtiyoriy muddatda soliq qarzdorligini qoplamagani sababli, davlat ijrochisi tomonidan majburiy ijro harakatlariga kirishilib, qarzdor jamiyatdan 10,2 mlrd. so‘m miqdoridagi soliq qarzdorligi to‘liq undirilib, ijro ishi amalda ta’minlangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Boʻstonliqda qoʻngʻir ayiq oʻldirib ketildi
Markaziy bank: qoʻngʻiroqqa javob berish bilan kartadagi pullar avtomatik echib olinmaydi
Qidiruvdagi avtomashinaning Navoiy shahrida harakatlanganligi aniqlandi
Koʻproq pensiya olish uchun nima qilish kerak?
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi
Oʻzbekistonga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar
“Mutlaqo maxfiy”: Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd boʻyia jinoyat ishi sudda koʻrilmoqda
FVB boshligʻi 160 ming AQSh dollari olayotganda qoʻlga olindi