date
views 114

Bolalarga himoya orderi berish tizimi joriy qilinishi kutilmoqda

Bolalarga himoya orderi berish tizimi joriy qilinishi kutilmoqda
Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga “Bolalarni zo‘ravonliklarning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritildi. Bu haqda parlament quyi palatasining axborot xizmatiga tayanib, O‘zAga xabar berdi.

Qonun loyihasida bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga mas’ul davlat organlari va tashkilotlar, shuningdek, ularning vakolatlari belgilanmoqda.

Bundan tashqari, bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishda ota-onalarning (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning) ishtiroki, ularning majburiyatlari, ta’lim tashkilotlarida bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yilmaslik nazarda tutilmoqda. Shuningdek, bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha ularga himoya orderi berish tizimi joriy qilinmoqda.

Mazkur loyihani ishlab chiqishda Germaniya, Fransiya, Daniya, Singapur, Vengriya, Bolgariya, Albaniya, Gruziya kabi davlatlarning tajribasi o‘rganilgan. Qonun loyihasi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi tomonidan dastlabki tarzda ko‘rib chiqilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bolalarga himoya orderi berish tizimi joriy qilinishi kutilmoqda
-->