11:23 / 12.02.2024
122

Navoiyda YPX xodimiga pora taklif qilgan mast haydovchiga chora ko‘rildi

Navoiyda YPX xodimiga pora taklif qilgan mast haydovchiga chora ko‘rildi
Kadr: Telegram
Navoiyda mast holatda transport vositasini boshqargan haydovchi YPX xodimiga pora berishga urindi. Bu haqda “Yoshlar” telekanali orqali efirga uzatilgan lavhada ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, Navoiy shahrida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari Ibn Sino ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan Nexia-2 rusumli transport vositasini to‘xtatgan. Bunga avtomobilning old o‘rindig‘ida hali 12 yoshga to‘lmagan bola bo‘lgan. Jarayonda haydovchi xodimlarda shubha uyg‘otgan va alkotester orqali tekshiruv davomida uning spirtli ichimlik iste’mol qilgani ma’lum bo‘lgan.

Holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 131-modda (transport vositalarini mast holda boshqarish) 1-qismi va 128-modda (haydovchilarning transport vositalarini piyodalar yo‘lkalaridan yurgizishi, yo‘l belgilari va yo‘l harakatining boshqa qoidalari talablariga rioya etmasligi) 1-qismi bilan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Haydovchi mazkur bayonnomalar rasmiylashtirilmasligi uchun YPX xodimlariga 3 million so‘m pora taklif qilgan.

Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Navoiy viloyat bo‘limi hamda departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda gumonlanuvchi xodimga 3 million so‘mni berayotganida qo‘lga olingan.

Korrupsiya holati haqida tegishli tashkilot mas’ullariga xabar bergan xodimlarga tashakkurnoma e’lon qilinib, IIB tomonidan pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat