18:18 / 12.02.2024
140

“Toshshahartransxizmat” AJ rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olindi

“Toshshahartransxizmat” AJ rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olindi
DXX “Toshshahartransxizmat” AJ rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

Aytilishicha, Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan transport sohasida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida “Toshshahartransxizmat” AJ tizimida bir qator qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Xususan, “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruv raisi D.A., bosh muhandisi A.A. hamda 1 va 8-avtobus saroyi filiallari rahbarlari T.D. va I.B.lar o‘zaro til biriktirib, avtobus saroylaridagi ehtiyot qismlar, yoqilg‘i mahsulotlarini talon-toroj qilish yo‘li bilan davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda iqtisodiy zarar yetkazgan.

Hozirda holat yuzasidan DXX Tergov boshqarmasi tomonidan “Toshshahartransxizmat” AJ mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, AJ raisi va bosh muhandisi hamda 1 va 8-avtobus saroyi filiallari rahbarlariga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat