O‘zbekistonda aholining ijtimoiy himoyasiga alohida e’tibor qaratish maqsadida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etildi.
Qayd qilinishicha, o‘tgan davrda Agentlik tomonidan ijtimoiy himoya tizimining samaradorligi va manzilliligi joylarga chiqib o‘rganildi. Bu jarayonda tizimni mahalla darajasida adolatli tashkil etish, to‘g‘ri moliyalashtirish, og‘ir ahvolga tushib qolgan odamlarning ijtimoiylashuviga ko‘maklashishda kamchiliklar borligi ayon bo‘ldi. Taqdimotda ushbu muammolarni tizimli hal etishga qaratilgan takliflar ko‘rib chiqildi.
Ularga ko‘ra, endi mahalladagi «yettilik» oilalardagi ijtimoiy muammoning sababi, ularga ta’sir qiluvchi omillar aniqlaydi, mavjud imkoniyatlar baholab, ularni og‘ir vaziyatdan olib chiqish bo‘yicha ijtimoiy xizmatlarni safarbar qiladi.
«Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasidan yordamlarni oilaning ijtimoiy ahvolini individual baholash asosida ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi. Davlat rahbari bu takliflarni ma’qullab, tegishli hujjatlarni ishlab chiqish, hayotga samarali joriy etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiya talablarini hayotga tatbiq etishni izchil davom ettirish, jumladan, nogironligi bo‘lgan insonlarga ko‘maklashish, jamiyatga integratsiya qilish, sifatli protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish zarurligi ta’kidlandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fargʻonalik 2 yoshli qizaloqning qornidan 135 ta magnit sharcha chiqarib olindi
Chust tumanidagi korxona rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Oʻzingizga tegishli boʻlmagan er uchastkalarini egallab olmang...
Viloyatlararo 10 ta yangi yoʻnalishda avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi
Toshkentda prokuratura tergovchisi pora bilan ushlandi (video)
Boʻstonliqda qoʻngʻir ayiq oʻldirib ketildi
Markaziy bank: qoʻngʻiroqqa javob berish bilan kartadagi pullar avtomatik echib olinmaydi
Qidiruvdagi avtomashinaning Navoiy shahrida harakatlanganligi aniqlandi