12:18 / 16.02.2024
127

Aliment pulini to‘lamagan otaning “Matiz”i jarima maydonchasiga olib kirildi

Aliment pulini to‘lamagan otaning “Matiz”i jarima maydonchasiga olib kirildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Xo‘jaobod tumanlararo sudi tomonidan J.J.dan D.S. foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandi ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.

Biroq, qarzdor J.J. Byuro xodimlari tomonidan ogohlantirishlarga qaramay farzandi uchun aliment to‘lovlarini belgilangan miqdordan kam bo‘lgan holatda, shu bilan birga, uzluksiz bo‘lmagan ravishda to‘lab kelgan.

Bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan amalga oshirilgan hisob-kitoblarga ko‘ra, qarzdor J.J. 44,8 mln. so‘m aliment pullarini to‘lashi lozim bo‘lsa-da, shu kunga qadar 9,3 mln. so‘m aliment pullarini to‘lagan. Qarzdorlik esa 35 mln. so‘mdan ortib ketgan.

Ijro hujjatining ijrosini ta’minlash, voyaga yetmagan shaxsning manfaatini himoya qilish maqsadida qarzdorga tegishli “Matiz” avtomashinasi borligi aniqlanib, IIB YHXX xodimlari ishtirokida yo‘lda harakatlanib ketayotgan vaqtda to‘xtatilgan.

Aliment qarzi to‘lanmagani sabab qarzdorning avtomashinasi xatlanib, jarima maydonchasiga olib kirildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat