Foto: Elle
Tugmali kiyimlarning kelib chiqishi uzoq yillik tarixga ega. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, X asr boshlarida ayollar va erkaklar kiyimlarida turli xil mahkamlagichlar keng tarqalgan edi. Biroq, tugmalarning o‘ziga xos farqi bo‘lgan: ayollar kiyimi chap tomondan, erkaklar kiyimi o‘ng tomondan mahkamlangan. Buning boisi nima?
Tugmalar tarixi: ular qachon paydo bo‘lgan?
Kiyimni mahkamlash uchun mo‘ljallangan ilmoqlarning vatani Germaniya hisoblanadi: aynan shu mamlakatda ilk tugmalar ishlab chiqarila boshlangan. Avval tugmalar suyak, yog‘och, temir, marvarid, qimmatbaho toshlar, kumush va oltindan yasalgan. Tugmachalar bilan mahkamlangan eng qadimgi kiyim – bu erkaklar kamzuli sanaladi.
Foto: Mosfurnitura
Dastlab, tugmalar qimmatbaho buyum sanalgan, chunki ulardan nafaqat kiyim mahkamlash uchun, balki bezak sifatida ham foydalanilgan. Tugmalar insonlarning ijtimoiy darajasi va mavqeyini ifodalovchi belgi hisoblangan. O‘sha davrdan boshlab ayollar va erkaklar kiyimlari tugmasining turli tomondan bo‘lishi belgilangan edi.
Nima uchun erkaklar kiyimining tugmalari o‘ng tomonda joylashgan?
Foto: Aramcoworld
Erkaklar kiyimidagi tugmalar o‘ngda bo‘lishi harbiy odatlarga bog‘liq. Bunday usul askarlar tugmani bo‘sh qo‘li bilan osongina kiyishi yoki yechib olishlariga imkon yaratgan. O‘sha davrning aksariyat harbiylari o‘ng qo‘l bo‘lgan va qurol chap tomonda olib yurilgan: tugmalar o‘ngda bo‘lishi kiyimga tegmasdan qurolni tezda shay qilishga yordam bergan.
Ayollar kiyimining tugmalari chapda bo‘lishiga sabab nima?
Foto: Crimereads
Yuqorida ta’kidlanganidek, qadimda tugmalar juda qimmat bo‘lgan, shuning uchun ularni faqat badavlat ayollar o‘zlariga ravo ko‘rishi mumkin edi. Ma’lumki, zodagon ayollarni doimo xizmatkorlar kiyintirib, yechintirib qo‘ygan. Tugmalarni chap tomondan mahkamlash xizmatchilar ish jarayonini tezlashtirishiga imkon bergan degan nazariya mavjud. Shuningdek, chaqaloqni ko‘krak suti bilan boqishda tugmalarning chapda bo‘lishi kiyimni o‘ng qo‘l bilan yechishni osonlashtirgan.
Manba: Daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fargʻonalik 2 yoshli qizaloqning qornidan 135 ta magnit sharcha chiqarib olindi
Chust tumanidagi korxona rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Oʻzingizga tegishli boʻlmagan er uchastkalarini egallab olmang...
Viloyatlararo 10 ta yangi yoʻnalishda avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi
Toshkentda prokuratura tergovchisi pora bilan ushlandi (video)
Boʻstonliqda qoʻngʻir ayiq oʻldirib ketildi
Markaziy bank: qoʻngʻiroqqa javob berish bilan kartadagi pullar avtomatik echib olinmaydi
Qidiruvdagi avtomashinaning Navoiy shahrida harakatlanganligi aniqlandi