103
Jizzaxda “prava” tayyorlab beraman deb fuqarolarni chuv tushirib kelgan shaxs qo‘lga olindi
Jizzax shahrida yashovchi B.Sh. IIBga murojaat qilib, bank kartasidan jami 3 mln so‘m puli noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganini ma’lum qilgan. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.
Tezkor qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent viloyati, Angren shahrida yashovchi 24 yoshli K.F. sodir etganligi aniqlangan.
Unga ko‘ra, K.F., jabrlanuvchi B.Sh.ga o‘zini “Telegramdagi guruh admini sifatida tanishtirib, unga haydovchilik guvohnomasi tayyorlab berishini, “V” toifa uchun 3 mln so‘m, “V”, “S” toifa uchun 3,5 mln tashlab berishi lozimligini aytgan.
So‘ng, B.Sh.ning ishonchiga kirish orqali, oldindan 3 mln so‘mni o‘zining bank kartasiga o‘tkazib olgan va yozishmalarni o‘chirib yuborib, uning qo‘ng‘iroqlariga javob bermay, qora ro‘yxatga kirgazib qo‘ygan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, K.F.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "g" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fargʻonalik 2 yoshli qizaloqning qornidan 135 ta magnit sharcha chiqarib olindi
Chust tumanidagi korxona rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Oʻzingizga tegishli boʻlmagan er uchastkalarini egallab olmang...
Viloyatlararo 10 ta yangi yoʻnalishda avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi
Toshkentda prokuratura tergovchisi pora bilan ushlandi (video)
Boʻstonliqda qoʻngʻir ayiq oʻldirib ketildi
Markaziy bank: qoʻngʻiroqqa javob berish bilan kartadagi pullar avtomatik echib olinmaydi
Qidiruvdagi avtomashinaning Navoiy shahrida harakatlanganligi aniqlandi