130
“Dok-1 Maks” ishidagi sudlanuvchi: “Birgina xato qanday fojialarga olib kelishini angladim”
Foto: “Daryo”
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida “Dok-1 Maks” siropi bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan sudning navbatdagi majlisida sudlanuvchilarga muzokara uchun so‘z berildi. Sudda so‘z olgan “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUKda ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i G.S. ayol sifatida siropdan vafot etgan bolalarning yaqinlariga sabr tiladi. Va fojiadan pushaymonligini bildirdi.
"O‘tgan bir yil davomida oilamdan — farzandlarim va ota-onamdan uzoqda yashash nima ekanligini, oila diydorining qadri qanday ekanligini anglab yetdim", — dedi sudlanuvchi ayol muzokara so‘zida.
Sudlanuvchi shuningdek, voqea yuzasidan qisman aybi borligini tan olib, “E’tiborsizligim sababdir hujjatlarda xatolik o‘tgan. Shu o‘tgan fursat davomida birgina xato qanday fojialarga olib kelishini anglab yetdim”, — dedi.
Foto: “Daryo”
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ushbu sudlanuvchi “Dok-1 Maks” siropini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida siropdan namunalar olingan bo‘lsa-da, ular laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazilmaganini ma’lum qilgandi.
Foto: “Daryo”
"Laboratoriya sinovlari o‘tkazilmagan, ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi yoki men ataylab, yomon niyatda yoki o‘lim holatiga olib kelishini bilib turib, bu narsani qilmaganmiz. Amaliyot bo‘lgani uchun qisman aybimga iqrorman. Shu sabab ham mana shu yerda (qamoq ehtiyot chorasi nazarda tutilmoqda — tahririyat izohi) to‘qqiz oydan beri o‘tiribman", — degandi u. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Savollarni koʻpaytirgan sud: “Doʻstov ishi”da huquqiy baho berilmagan holatlar...
Fargʻonalik 2 yoshli qizaloqning qornidan 135 ta magnit sharcha chiqarib olindi
Chust tumanidagi korxona rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Oʻzingizga tegishli boʻlmagan er uchastkalarini egallab olmang...
Viloyatlararo 10 ta yangi yoʻnalishda avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi
Toshkentda prokuratura tergovchisi pora bilan ushlandi (video)
Boʻstonliqda qoʻngʻir ayiq oʻldirib ketildi
Markaziy bank: qoʻngʻiroqqa javob berish bilan kartadagi pullar avtomatik echib olinmaydi