Ayrim hollarda, hududlarda yer qonunchiligiga rioya qilmaslik, yer uchastkalaridan maqsadsiz va samarasiz foydalanish, jumladan, noqonuniy qurilmalar qurish, shuningdek, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash holatlari uchrayotganligini inkor etib bo‘lmaydi.
Hozirda, Byuroning Andijon viloyat boshqarmasi va hududiy bo‘limlari tomonidan ham sud qarorlariga asosan o‘zboshimchalik bilan qurilgan qurilmalarni bartaraf etish bo‘yicha majburiy ijro harakatlari olib borilmoqda.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Izboskan tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan da’vogar Yu.A.ga tegishli Paxtaobod tumani Yolg‘izbog‘ MFY o‘ramida 326,2 kv.m yer maydonida joylashgan savdo do‘koni hududida javobgar M.Yu tomonidan o‘zboshimchalik bilan jami 370 kv.m yer maydoniga qurilgan noqonuniy bino-inshootlar, ya’ni bostirma, yordamchi bino, objuvoz va objuvoz to‘ponxonasi majburiy tartibda buzdirilishi belgilangan.
Byuroning Paxtaobod tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan sudning ushbu ijro hujjati ijrosi ta’minlanib, ijro harakatlari davomida mazkur noqonuniy qurilgan qurilmalar majburiy tartibda buzdirildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Oltin kovlashga chiqqan samarqandlik ikki fuqaro vafot etdi
Savollarni koʻpaytirgan sud: “Doʻstov ishi”da huquqiy baho berilmagan holatlar...
Fargʻonalik 2 yoshli qizaloqning qornidan 135 ta magnit sharcha chiqarib olindi
Chust tumanidagi korxona rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Oʻzingizga tegishli boʻlmagan er uchastkalarini egallab olmang...
Viloyatlararo 10 ta yangi yoʻnalishda avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi
Toshkentda prokuratura tergovchisi pora bilan ushlandi (video)
Boʻstonliqda qoʻngʻir ayiq oʻldirib ketildi