
Har bir fuqaro o‘zi tasarruf etgan mulki yoki daromadining belgilangan ulushini mamlakat rivoji uchun ajratishi bu iqtisodiy jarayonning barqarorligini ta’minlaydi. Afsuski, ayrim jismoniy shaxslar, ko‘chmas mulk egalari bo‘lgan fuqarolar, korxona, tashkilot va fermer xo‘jaliklari rahbarlari o‘z majburiyatlarini unutib, soliq qarzlarini to‘lamasdan kelmoqda.
Jumladan, Buloqboshi tumani davlat soliq inspeksiyasining qarorlariga asosan X.M.dan 2,3 mln. so‘m soliq qarzi undirilishi ko‘rsatilgan.
Byuroning Buloqboshi tuman bo‘limi xodimlarining bir necha bor ogohlantirishlariga qaramay soliq qarzi to‘lanmagan. Shu sababli, Byuro xodimlari tomonidan qarzdor yo‘lda harakatlanayotgan vaqtda to‘xtatilib, unga tegishli “Cobalt” avtomashinasi xatlab qo‘yildi.
©️Byuroning Buloqboshi tuman bo‘limi
davlat ijrochisi Shermuhammad Tojiddinov
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! davlat ijrochisi Shermuhammad Tojiddinov
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar