
Prezident farmoniga ko‘ra, mart oyida O‘zbekiston aholisi uchun quyidagi dam olish kunlari mavjud:
- 8 mart – juma (bayram);
- 21 mart – payshanba (bayram);
- 22 mart – juma (ish haftasi turidan qat’iy nazar barcha xodimlar uchun qo‘shimcha ishlanmaydigan kun);
- 23 mart - shanba (olti kunlik ish haftasi xodimlari uchun qo‘shimcha ishlanmaydigan kun).
Navro‘z bayramida o‘zbekistonliklar 4 kun, 8 mart kuni esa besh kunlik ish haftasi ishchilari 3 kun ketma-ket dam oladi.
Shunday qilib, yakshanba kunlarini hisobga olgan holda haftasiga 5 kun ishlaydigan O‘zbekiston fuqarolari 13 kun dam oladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar