Yirik shaharlarda eski mashinalarning harakati bosqichma-bosqich cheklanadi

Yirik shaharlarda eski mashinalarning harakati bosqichma-bosqich cheklanadi
Prezident farmonida 2030 yilgacha yirik shaharlarda kamida “Yevro–5” standartiga muvofiq bo‘lmagan avtomashinalar ekspluatatsiyasi bosqichma-bosqich cheklanishi belgilandi.

Cheklovlar Toshkent va Nukus shaharlarida va viloyatlar markazida 2024 yilning 1 martidan boshlab bosqichma bosqich joriy etiladi.

Ushbu cheklovlar ostiga “Yevro-5” va undan yuqori standartdagi yoqilg‘ida ishlay olmaydigan eskirgan mashinalar tushadi. Bunga nafaqat sobiq ittifoq davrida ishlab chiqarilgan, jumladan, mustaqillik yillarida o‘zimizda ishlab chiqarilgan “Tiko”, “Matiz”, “Damas”, “Neksiya-1”, “Neksiya-2” avtomashinalari ham tushishi mumkin.

Shuningdek, Toshkent shahrida yuk tashish uchun mo‘ljallangan, ruxsat etilgan to‘la vazni 10 tonnadan yuqori bo‘lgan N2, N3, O4 toifaga kiruvchi avtotransport vositalarining harakati 2024 yilning 1 martidan boshlab tig‘iz vaqt oraliqlarida taqiqlanadi. Cheklovlar maxsus xizmat, shu jumladan, kommunal xo‘jaligi, obodonlashtirish va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining yuk transporti vositalariga tatbiq etilmaydi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar