
Foto: Ijtimoiy tarmoq
Ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Jahongir Otajonovning oila qurgani bilan bog‘liq surat va videolar tarqaldi. Ba’zi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bu ma’lumotlar eski ekanligi va xonanda u bilan allaqachon ajrashib bo‘lgani haqida yozishdi. “Daryo” muxbiri xonandaning ma’muri bilan bog‘lanib, masalaga oydinlik kiritdi.
— "Bu ma’lumotlar haqiqatan ham eski. Jahongir Otajonovning shaxsiy hayotida bunday o‘zgarish yo‘q. Eski video va suratlar nega qaytadan “jonlanib” qolganidan xabarimiz yo‘q", — deydi xonandaning ma’muri.
Ma’lumot o‘rnida aytamiz, yetti farzandning otasi Jahongir Otajonov bir muddat avval bo‘ydoq ekanligini ma’lum qilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar