Foto: IIB
Toshkent shahrida “Baxti Tashkentskiy” laqabi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayevning akasi Shuxrat Qudratullayev qo‘lga olindi, deb xabar beradi “Kun.uz” nashri.
2023 yilning dekabr boshlarida O‘zbekistonda jinoiy guruhlar a’zolarini qo‘lga olish bo‘yicha ommaviy reydlar o‘tkazildi. Jumladan, “Baxti Tashkentskiy” qo‘lga olingandi. U Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (IIO xodimini qonuniy talabini bajarmaslik) 1-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Sud qarori bilan unga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan edi.
Baxtiyor Qudratullayev bilan birga yana ikki shaxs — Dilshod Sharipov va Anvar Mirzaxanovlar hibsga olindi. 24 dekabrda esa Baxtiyor Qudratullayevning o‘g‘li va guruhning yana bir qancha a’zolari, jumladan, Nargiza Jumaniyazova ham hibsga olingandi.
58 yoshli Shuxrat Qudratullayev oldinroq Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida tergovdan qochib yashiringan edi. U bilan birga yana ikki kishi – 1964 yilda tug‘ilgan Husan Isomiddinov hamda 1988 yilda tug‘ilgan Feruz Vapayevga nisbatan ham qidiruv e’lon qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Oltin kovlashga chiqqan samarqandlik ikki fuqaro vafot etdi
Savollarni koʻpaytirgan sud: “Doʻstov ishi”da huquqiy baho berilmagan holatlar...
Fargʻonalik 2 yoshli qizaloqning qornidan 135 ta magnit sharcha chiqarib olindi
Chust tumanidagi korxona rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Oʻzingizga tegishli boʻlmagan er uchastkalarini egallab olmang...
Viloyatlararo 10 ta yangi yoʻnalishda avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi
Toshkentda prokuratura tergovchisi pora bilan ushlandi (video)
Boʻstonliqda qoʻngʻir ayiq oʻldirib ketildi