Vazirlar Mahkamasining “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlar faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilanganligi munosabati bilan hukumat ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Loyihada aytilishicha, haqiqiy ehtiyojmand xotin-qizlarga davlat ijtimoiy yordamini yo‘naltirishga mas’ul tashkilotlar o‘rtasida tuzilmaviy aloqalardagi kamchiliklar, o‘zaro hamkorlikning yetarli emasligi sohada qator kamchiliklar vujudga kelishiga sabab bo‘lmoqda.
Jumladan, sohadagi tahlillar ehtiyojmand aholiga yaratib berilgan imtiyozlardan foydalanish maqsadida mas’ul tashkilotlarni chalg‘itish orqali turmush o‘rtog‘i bilan nikohini bekor qildirgan shaxslarning ijtimoiy yordam olib kelayotganligini ko‘rsatmoqda. Xususan, 2023 yil yanvar-mart oylarida jami 13 102 ta oilaviy ajrashish qayd etilgan. Bu miqdor 2022 yilning shu davriga nisbatan (12 164 ta) 938 taga, ya’ni 7,7 foizga oshgan.
Bu o‘z o‘rnida, uy-joyga ega bo‘lish, kasb-hunarli bo‘lish, iqtisodiy ahvolini o‘nglashga ehtiyojmand aholining davlat ijtimoiy yordamini olishini cheklab, o‘ziga xos to‘siq bo‘lmoqda.
Prezident qarori bilan tasdiqlangan oilalarni mustahkamlash, xotin-qizlarning qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarish, ijtimoiy-siyosiy faolligini va bandligini oshirish, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish hamda teng huquqliligini ta’minlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 10-bandida ijtimoiy yordam olish uchun turmush o‘rtog‘i bilan nikohini bekor qildirgan shaxslarni aniqlash va ularga yolg‘iz ona yoki yolg‘iz ota uchun belgilangan ijtimoiy yordam ko‘rsatilmasligini ta’minlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish belgilangan.
Ishlab chiqilgan loyihada prezidentning “Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni hamda “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlar faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida mas’ul tashkilotlarni chalg‘itish orqali ijtimoiy yordam olish uchun turmush o‘rtog‘i bilan nikohini bekor qildirgan shaxslarni aniqlash va ularga yolg‘iz ona yoki yolg‘iz ota uchun belgilangan ijtimoiy yordam ko‘rsatilmasligini ta’minlashni nazarda tutuvchi 3 ta hukumat qaroriga o‘zgartirishlar kiritish taklif etilmoqda.
Qaror loyihasi qabul qilinishi ijtimoiy yordam, xususan uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish, rekonstruksiya qilish, subsidiya olish uchun nikohlarning soxta bekor qilinishi oldini olish ta’minlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Oltin kovlashga chiqqan samarqandlik ikki fuqaro vafot etdi
Savollarni koʻpaytirgan sud: “Doʻstov ishi”da huquqiy baho berilmagan holatlar...
Fargʻonalik 2 yoshli qizaloqning qornidan 135 ta magnit sharcha chiqarib olindi
Chust tumanidagi korxona rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Oʻzingizga tegishli boʻlmagan er uchastkalarini egallab olmang...
Viloyatlararo 10 ta yangi yoʻnalishda avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi
Toshkentda prokuratura tergovchisi pora bilan ushlandi (video)
Boʻstonliqda qoʻngʻir ayiq oʻldirib ketildi