Foto: Toshkent viloyati hokimligi
Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev Chirchiq shahridagi maktab direktorlari bilan uchrashuvda o‘qituvchilari va o‘quvchilari dars paytida telefon ishlatishdan voz kechgan maktabga 300 million so‘m pul mukofoti berishini ma’lum qildi. Viloyat rahbari shu maqsadda «Telefonsiz maktab» tashabbusini ilgari surgan.
Foto: Nozim Abdulla
«Telefonsiz maktab» degan tashabbusni amalga oshirgan maktabga 300 million so‘m pul beraman. Gap-so‘zsiz. Men pul beraman, shu ishni qilganlarni rag‘batlantirmoqchiman, - dedi Zoir Mirzayev va maktab jamoasi bu pulni yutsa, qanday sarflash o‘z ixtiyorida ekanini qo‘shimcha qildi.
Foto: Nozim Abdulla
Zoir Mirzayev tadbir davomida maktab o‘quvchilarining oliy o‘quv yurtlariga kirish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan Nurafshon, Angren va Ohangaron tumani xalq ta’limi bo‘lim mudirlariga 12 million so‘mdan mukofot puli bergan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Oltin kovlashga chiqqan samarqandlik ikki fuqaro vafot etdi
Savollarni koʻpaytirgan sud: “Doʻstov ishi”da huquqiy baho berilmagan holatlar...
Fargʻonalik 2 yoshli qizaloqning qornidan 135 ta magnit sharcha chiqarib olindi
Chust tumanidagi korxona rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Oʻzingizga tegishli boʻlmagan er uchastkalarini egallab olmang...
Viloyatlararo 10 ta yangi yoʻnalishda avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi
Toshkentda prokuratura tergovchisi pora bilan ushlandi (video)
Boʻstonliqda qoʻngʻir ayiq oʻldirib ketildi