Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan "Mahallabay" ishlash tizimi yanada kuchaytirilib, mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori, soliq inspektori va ijtimoiy xizmat xodimidan iborat "mahalla yettiligi" ishtirokida ishlar amalga oshirilmoqda.
Bu borada Majburiy ijro byurosi faoliyatida ham tizimli chora-tadbirlar qabul qilinib, ko‘rsatmalar berib kelinmoqda. Jumladan, Majburiy ijro byurosi direktorining tegishli Ko‘rsatmasiga asosan, davlat ijrochilari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish va samarali ish uslublarini tatbiq etish maqsadida, Byuroning Yakkasaroy tuman bo‘limi tashabbusi bilan tuman bo‘limi davlat ijrochilari "mahallabay" kesimida "Mahalla yettiligi" bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etishlari yuzasidan tadbir o‘tkazildi.
Tadbir tuman prokurori B.Shamshiyev raisligida o‘tkazilib, tumanning 4 ta sektor kotiblari va davlat ijrochilari ishtirokida ish samaradorligini oshirish maqsadida, qoldiq ijro hujjatlarini keskin kamaytirish, mahallabay kesimida ishlarni jadallashtirish tushuntirildi.
Tadbirda, mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori, soliqchi va ijtimoiy xodimlar ham qatnashib, davlat ijrochilari bilan hamkorlikda "mahallabay" kesimida ishlarni kuchaytirishga kelishib olindi.
Ma’lumot o‘rnida Byuro organlari tizimida toifasidan qat’iy nazar, ish yurituvdagi sud va boshqa organlar hujjatlari davlat ijrochilari o‘rtasida "mahallabay" kesimida taqsimlanib, mahalla yettiligi bilan hamkorlik ishlari kuchaytiriladi. Bunday harakatlar zamirida ular birgalikda aholining huquqiy madaniyatini oshirish, qonun va odil sudlovni hurmat qilish, jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasida sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini so‘zsiz va ixtiyoriy ravishda bajarish madaniyati yoki ko‘nikmasini shakllantirishda hissa qo‘shadilar. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Oltin kovlashga chiqqan samarqandlik ikki fuqaro vafot etdi
Savollarni koʻpaytirgan sud: “Doʻstov ishi”da huquqiy baho berilmagan holatlar...
Fargʻonalik 2 yoshli qizaloqning qornidan 135 ta magnit sharcha chiqarib olindi
Chust tumanidagi korxona rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Oʻzingizga tegishli boʻlmagan er uchastkalarini egallab olmang...
Viloyatlararo 10 ta yangi yoʻnalishda avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi
Toshkentda prokuratura tergovchisi pora bilan ushlandi (video)
Boʻstonliqda qoʻngʻir ayiq oʻldirib ketildi