Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyati Xiva tumanidagi Istiqlol mahallasida bo‘lib, aholining yashash sharoiti bilan yaqindan tanishdi.
Mahallada 3 ming 200 nafarga yaqin aholi yashaydi. Bu yerda 10 ta ishlab chiqarish korxonasi, 30 ga yaqin xizmat ko‘rsatish shoxobchasi, yondosh hududda fermer xo‘jaliklari mavjud. Odamlar asosan tadbirkorlik va dehqonchilik bilan shug‘ullanadi.
Yaqinda mahalla idorasi binosi ta’mirlanib, to‘liq jihozlandi. Hududdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktab va tibbiyot maskanida barcha sharoitlar bor.
Mahalla faollari Prezidentimizga odamlarning turmush tarzi, daromadi, yoshlarning muvaffaqiyati haqida so‘zlab berdi. Mahallada ishsiz aholini doimiy va mavsumiy ishlarga joylashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ijtimoiy daftarlarga kiritilgan fuqarolar bilan individual ishlash tizimi samara bermoqda. Ishsizlarga dehqonchilik uchun yer berish tajribasining Xorazm uchun ahamiyati kattaligi aytildi.
O‘zbekiston Prezidentining 2023 yil 21 dekabrdagi farmoniga muvofiq, mahalla institutining jamiyatimizda va aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatidagi roli oshirildi. Mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori, soliqchi va ijtimoiy xizmat xodimidan iborat “mahalla yettiligi” tashkil etildi.
Ushbu tizim vakillari bilan muloqotda xalqni rozi qilishda mahalla tizimidagi samarali faoliyat, hamjihatlik muhimligi qayd etildi. Bunda quyi bo‘g‘indagi davlat vakillari o‘zlariga berilgan vakolatdan foydalanib, odamlarni rozi qilishi kerakligi ta’kidlandi.
Viloyatda ishsizlikni kamaytirish, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash orqali yangi ish o‘rinlari yaratish doimiy vazifa ekani qayd etildi.
Davlatimiz rahbari mahallalarda bo‘lganida biror xonadonda mehmon bo‘lishi yaxshi an’anaga aylangan. Bu odamlar bilan yanada yaqin bo‘lib, samimiy suhbatlashishga xizmat qiladi.
Bu gal ham shunday bo‘ldi. Prezident mahallada yashovchi Sobirjon Matjonov xonadoniga tashrif buyurdi. Oila boshlig‘i qishloq xo‘jaligi ilmini yaxshi biladi. Xonadon sohiblari mo‘jazgina tomorqada issiqxona qurib, qulupnay yetishtiradi. Shuningdek, uy sharoitida baliqchilikni yo‘lga qo‘ygan. Parvarish qilinayotgan parranda – yuzdan ortiq tovuq, mingga yaqin bedana oilaga qo‘shimcha daromad keltirmoqda.
Suhbatda aholini tadbirkorlikka jalb etish, yoshlarni mehnatga o‘rgatib, kasb berish muhimligi, buning uchun davlat tomonidan barcha shart-sharoitlar yaratilishi ta’kidlandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalq artisti Jenisbek Piyazovga qisqa vaqtda belgilangan 4 ta jarima haqida (video)
Oltin kovlashga chiqqan samarqandlik ikki fuqaro vafot etdi
Savollarni koʻpaytirgan sud: “Doʻstov ishi”da huquqiy baho berilmagan holatlar...
Fargʻonalik 2 yoshli qizaloqning qornidan 135 ta magnit sharcha chiqarib olindi
Chust tumanidagi korxona rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Oʻzingizga tegishli boʻlmagan er uchastkalarini egallab olmang...
Viloyatlararo 10 ta yangi yoʻnalishda avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi
Toshkentda prokuratura tergovchisi pora bilan ushlandi (video)