Foto: UzReport
AQSHga noqonuniy yo‘llar bilan ketgan 74 nafar o‘zbekistonlik 3 mart kuni vatanga qaytarildi, deb xabar bermoqda UzReport.
Ma’lum qilinishicha, ularning ko‘pchiligi AQSHga Meksika orqali o‘tgan. Shuningdek, bir qancha boshqa davlatlar orqali borgan fuqarolar ham bor. Ular AQSH hududiga kirgunicha turli qiyinchiliklarga duch kelgan.
“Bagajimni yo‘qotib, to‘satdan Madridga uchganman. Ushbu shaharda bilet yo‘qolib qolib, 14 kun davomida 400 ta o‘zbek Madridda xor bo‘lgan. Shu yerdan Turkiyaga deport qilinganmiz. Keyinchalik Gvatemalaga bordik va yana harakat qilib ko‘rdik. Ikkinchi marta chegaradan qaytarilib, immigratsion joyda 2 sutka yotganman. Venesuela fuqarolari bilan “peshkom” 3 kun yurganmiz. U yerdan ham qochdik, yurdik, o‘liklarni ham, hamma narsani ko‘rdik. Maslahat bermayman, Amerika shunchaki reklama.
10 ming AQSH dollariga yaqin pulim ketdi. Iyulda uyimdan chiqqan bo‘lsam, avgust oyida men ushbu davlatga yetib bordim. Lekin ishlay olmadim. Pul sarflab-sarflab qaytdik. Bormoqchi bo‘lganlarga maslahatim — bormanglar. Bu shunchaki reklama. Kasallik orttirib qaytasiz. Hammasi yolg‘on”, — degan qaytgan fuqarolardan biri.
2023 yilning 20 dekabrida AQSHga noqonuniy yo‘llar bilan ketgan 119 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkent viloyatida Mazda avtomashinasi yonib ketdi
Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi voqea tafsilotlari
Toshkent avtobuslarida endi naqd pul olinmaydi. Shu bilan muammolar tugadimi?
Xalq artisti Jenisbek Piyazovga qisqa vaqtda belgilangan 4 ta jarima haqida (video)
Oltin kovlashga chiqqan samarqandlik ikki fuqaro vafot etdi
Savollarni koʻpaytirgan sud: “Doʻstov ishi”da huquqiy baho berilmagan holatlar...
Fargʻonalik 2 yoshli qizaloqning qornidan 135 ta magnit sharcha chiqarib olindi
Chust tumanidagi korxona rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi