O‘zbekiston zo‘ravonlik kuzatilgan oilalarda yarashish muddatisiz er-xotinni ajratish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Oila va xotin-qizlar sohalaridagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasida ko‘zda tutilgan.
Prezident 2023 yilning dekabrida hukumat va Oliy sudga oilaviy zo‘ravonlik qurbonlariga nisbatan jabrlanuvchining talabiga ko‘ra sud tomonidan nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ishlarning soddalashtirilgan tartibda hal qilish qarorini chiqarishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqib, Qonunchilik palatasiga kiritishni topshirgandi.
Shunga ko‘ra, Oila kodeksida oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik qurbonlariga nisbatan jabrlanuvchining talabiga ko‘ra sud tomonidan er-xotinning birgalikda yashash joyidagi xotin-qizlar faolining fikrini inobatga olgan holda ularning birgalikda yashashiga imkoniyati mavjud emas deb topilsa, ishning ko‘rilishini keyinga qoldirmasdan yarashish uchun muxlat tayinlanmasdan qaror chiqarishi mumkinligi belgilanmoqda.
Shuningdek, sud tartibida u-joyga majburiy tartibda kiritishning mexanizmini soddalashtirish maqsadida Uy-joy kodeksining 32-moddasi quyidagi qoidalar bilan to‘ldirilmoqda: “Uy-joyga majburiy tartibda kiritish bilan bog‘liq nizolarni ko‘rib chiqishda mulkdorning tashabbusiga asosan sud tomonidan majburiy tartibda kiritish, mutanosib sharoitga ega boshqa yashash joyi bilan ta’minlash yoki ijara haqini kompensatsiya qilishga taraflarning kelishuviga asosan aniq manzilni belgilagan holda almashtirilishi mumkin.”
Bundan tashqari, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi qonun 74-moddasi quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilmoqda: “Sudning qaroriga ko‘ra, undiruvchini ko‘chirib kiritish to‘g‘risidagi ijro hujjatining ijro etilishiga mulkdorning talabiga ko‘ra, uning oila a’zolari, u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar va sobiq oila a’zolari mulkdorga tegishli mutanosib sharoitga ega boshqa yashash joyiga yoki mulkdor tomonidan ijara haqi to‘lab turiladigan yashash joyi bilan ta’minlash buyicha zarur choralarni ko‘radi.”
Hujjatda qayd etilishicha, ushbu qonun oilaviy majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash, oilaviy munosabatlar ishtirokchilarining o‘z huquqlarini himoya qilish, yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni qoplash, nikoh shartnomasi va farzandlikka olish institutlarini takomillashtirish, boladan alohida yashayotgan ota(ona)larning ota-onalik huquqini samarali amalga oshirishga xizmat qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkent viloyatida Mazda avtomashinasi yonib ketdi
Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi voqea tafsilotlari
Toshkent avtobuslarida endi naqd pul olinmaydi. Shu bilan muammolar tugadimi?
Xalq artisti Jenisbek Piyazovga qisqa vaqtda belgilangan 4 ta jarima haqida (video)
Oltin kovlashga chiqqan samarqandlik ikki fuqaro vafot etdi
Savollarni koʻpaytirgan sud: “Doʻstov ishi”da huquqiy baho berilmagan holatlar...
Fargʻonalik 2 yoshli qizaloqning qornidan 135 ta magnit sharcha chiqarib olindi
Chust tumanidagi korxona rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi