date
views 105

Sayyor qabulda 3 nafar fuqaroga aliment pullari joyida undirib berildi

Sayyor qabulda 3 nafar fuqaroga aliment pullari joyida undirib berildi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Toshkent viloyat boshqarmasi boshlig‘i O.R.Bozorov tomonidan aholi bilan to‘g‘ridan – to‘g‘ri muloqot qilish, ularning muammolarini bevosita joyida aniqlash va bartaraf etish maqsadida joriy yilning 5 mart kuni Toshkent tumani aholisi uchun navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Mazkur sayyor qabul davomida jami 15 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari tinglanib, shundan 3 ta murojaat mas’ullar tomonidan shu kunning o‘zida hal etilgan bo‘lsa, qolgan murojaatlar nazoratga olinib, ularni tegishliligi bo‘yicha o‘rganib chiqib, tez fursatlarda hal etish yuzasidan mutasaddilarga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Sayyor qabul davomida fuqarolarning murojaatlarining aksariyati sud qarorlarini ijrosini ta’minlash, aliment qarzdorligi va zarar undirish bo‘yicha masalalarni tashkil etdi.

Jumladan, qarzdor X.Saidovdan, undiruvchi S.Saidova foydasiga bir nafar farzandi ta’minoti uchun aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan 12.3 million so‘m, shuningdek, qarzdor D.Ergashevdan undiruvchi S.G‘iyosova foydasiga bir nafar farzandi ta’minoti uchun aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan 7.7 million so‘m, hamda qarzdor J.Boyto‘rayevdan, undiruvchi U.Boyto‘rayeva foydasiga bir nafar farzandi ta’minoti uchun aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan 14.6 million so‘m aliment pullari undirib berilishi ta’minlandi.

Albatta, bu kabi sayyor qabullar fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarini o‘z vaqtida bartaraf etish imkonini berayotganligi bilan yanada ahamiyatli bo‘lmoqda.

Sayyor qabullar davom etadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sayyor qabulda 3 nafar fuqaroga aliment pullari joyida undirib berildi