Toshkent shahrida avtobus va elektrobuslarning 5 martdagi faoliyati to‘g‘risida ma’lumot berildi.
“Toshshahartransxizmat” xabariga ko‘ra, 5 mart holatiga avtobus yo‘nalishlari soni 165 tani, yo‘nalishlardagi avtobuslar soni 1589 tani, yo‘lovchilar soni esa 1 139 924 nafarni tashkil qilgan. Shundan,
- naqd pul to‘lovi — 38,1 foiz;
- elektron to‘lov — 61,9 foiz.
Shuningdek, shu kuni oraliq interval 8-10 daqiqani tashkil qilib, qatnovlar soni 21 063 marta bo‘lgan.
Toshkent shahrida 2023 yilda fuqarolar 95 million marta jamoat transportidan foydalanishga o‘tdi.
Natijada atmosferaga chiqariladigan zararli gazlarning 61,9 ming tonnaga kamayishiga erishildi. 2023 yilda 27 ta avtobus yo‘nalishi to‘liq elektrobuslarga o‘tkazildi. Shu bois avtobuslardan havoga chiqadigan zararli moddalar miqdori oyiga 93,3 tonnaga kamaydi.
Elektrobuslar harakatlanayotgan yo‘nalishlarda yo‘lovchilar oqimi 188 foizga oshdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Haydovchilarga tavsiya: nima uchun mashinani kurtkada boshqarish xavfli?
Qoyilmaqom majlis (hajviya)
Hech qachon jahli chiqmagan odam
Toshkent viloyatida Mazda avtomashinasi yonib ketdi
Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi voqea tafsilotlari
Toshkent avtobuslarida endi naqd pul olinmaydi. Shu bilan muammolar tugadimi?
Xalq artisti Jenisbek Piyazovga qisqa vaqtda belgilangan 4 ta jarima haqida (video)
Oltin kovlashga chiqqan samarqandlik ikki fuqaro vafot etdi