date
views 217

O‘zbekiston hududida ketma-ket ikkita zilzila qayd etildi

O‘zbekiston hududida ketma-ket ikkita zilzila qayd etildi
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi O‘zbekiston hududida kuzatilgan zilzilalar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Mahalliy vaqt bilan 7 mart soat 00:33 da O‘zbekiston hududida zilzila sodir bo‘ldi. Epitsentr: Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumani. Zilzila koordinatalari: 38,77 gradus shimoliy kenglik; 64,95 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,4. Chuqurlik 11 kilometr. Zilzila epitsentri Toshkentdan 457 kilometr janubiy-g‘arbda.

Respublika hududida sezilish kuchi:
- Kasbi tumanida 2-3 ball,
- Nishon tumanida 2 ball,
- Muborak tumanida 2 ball,
- Qoravulbozor tumanida 2 ball,
- Qarshi shahrida 2 ball,
- Qarshi tumanida 2 ball,
- Koson tumanida 2 ball,
- Olot tumanida 2 ball.

Shuningdek, xuddi shu vaqtda Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida yana bir yerosti silkinishi qayd etildi. Zilzila koordinatalari: 38,76 gradus shimoliy kenglik; 64,85 gradus sharqiy uzunlik.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
- Qashqadaryo viloyatida 2 ball,
- Buxoro viloyatida 2 ball.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston hududida ketma-ket ikkita zilzila qayd etildi