
Majburiy ijro byurosining Jizzax viloyati boshqarmasida 8-mart – xalqaro xotin-qizlar bayramiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyati boshqarmasida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Boshqarma boshlig‘i va bo‘lim boshliqlari tomonidan bayram munosabati bilan byuro organlarida mehnat qilayotgan xotin-qizlarni bahor va go‘zallik bayrami – 8 mart ayyomi bilan qutladi.
Darhaqiqat, barchamiz uchun aziz va mo‘tabar bo‘lgan ayol zoti haqida so‘z yuritar ekanmiz, avvalambor, bizni dunyoga keltirgan, oq sut berib voyaga yetkazgan Ona siymosi oldida bosh egib ta’zim qilamiz. Yer yuzida muqaddas degan so‘zga eng munosib zot bu – avvalo, Onadir. Xalqimiz ona siymosini doimo ulug‘lab, ardoqlab yashaydi. Yurtimizda onalarni sharaflab, muhtasham haykallar bunyod etilgani ham shundan dalolat beradi.
Tadbir davomida qayd etilganidek, ayolni e’zozlash, ayolga ehtirom ko‘rsatish xalqimizga xos oliyjanob qadriyat hisoblanadi. Biz, barchamiz qanday kasb, qanday lavozimda ishlamaylik, qalbimiz, yuragimizdagi jamiki ezgu fazilatlar uchun siz, mehribon ayollardan umrbod qarzdormiz. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar