date
views 161

O‘zbekiston aholisini havo ifloslanishi haqida xabardor qilish boshlanadi

O‘zbekiston aholisini havo ifloslanishi haqida xabardor qilish boshlanadi
Qozog‘istonning "Kazinform" xalqaro axborot agentligi "O‘zbekiston aholisini havo ifloslanishi haqida xabardor qilish boshlanadi" sarlavhali maqola e’lon qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

Agentlikning ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda 1 martdan chang bo‘roni sodir bo‘layotganda va atmosfera havosida mayda zarrachalar belgilangan me’yordan yuqori bo‘lgani aniqlanganda aholini ogohlantirish amaliyoti joriy etiladi.

"Bu Shavkat Mirziyoyevning 21 fevraldagi "O‘zbekiston - 2030" strategiyasini 2024 yilda amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi farmonida ko‘zga tutilgan", ‑ deyiladi maqolada.

Qayd etilishicha, shuningdek, mart oyidan boshlab o‘lchami 500 metr kvadrat va undan ortiq bo‘lgan qurilish obyektlarida, unga kirib-chiqish yo‘llarida chang va qum zarrachalarining havoga ko‘tarilishini bartaraf etish bo‘yicha majburiy talablar joriy etish topshirilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston aholisini havo ifloslanishi haqida xabardor qilish boshlanadi