
“Pulli avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokamaga e’lon qilindi.
Ma’lum qilinishicha, qonunning maqsadi pulli avtomobil yo‘llarini rejalashtirish, loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, ekspluatatsiya qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Pulli avtomobil yo‘llarining qurilishi va ekspluatatsiya qilinishining maqsadlari quyidagilardan iborat:
- yo‘l qurilishi sohasida davlat va xususiy boshqaruvni takomillashtirish;
- yo‘l sohasiga investitsiyalarni, shu jumladan, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish;
- yo‘l xo‘jaligi sohasida zamonaviy texnologiyalar va ishlab chiqarish sirlari(nou-xau)ni qo‘llash hamda xususiy sektor ko‘nikmalari va resurslari tizimini joriy etish orqali foydalanuvchilar hamda pulli avtomobil yo‘llariga tutash hududda yashovchi aholi uchun qulay va xavfsiz yo‘l xizmati tizimini yaratish;
- xalqaro va milliy standartlarga muvofiq to‘siqsiz va yuqori tezlikda harakatlanish imkonini beruvchi avtomobil yo‘llari tarmog‘ini yaratish;
- O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti mablag‘laridan samarali foydalanish.
Qonun loyihasi muhokamasi 22 martgacha davom etadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar