date

AQShdagi McDonald's burgerlaridan qurt chiqdi

AQShdagi McDonald's burgerlaridan qurt chiqdi

Amerikaning Kentukki shtatida faoliyat yurituvchi McDonald's tamaddixonasiga kirgan ikki mijoz oshxona burgeridan qurt chiqqani haqida ma’lum qilishdi. Bu haqda Associated Press agentligiga asoslanib Kun.uz nashri xabar berdi.

Meyfildda yashovchi Medison Stivensning aytishicha, u tamaddixonada o‘zi va bir yoshli farzandi uchun taom buyurtma bergan. Taom keltirilgach, uni tanovul qilmoqchi bo‘lganida burger ichidan qurt chiqib kelgan. Shundan so‘ng, Medison tarmoq rahbariyatiga murojaat qilgan, ular tovon sifatida 10 dollarlik McDonald's hadya kartasini berishgan.

Shtatning Draffenvill shahrilik Leysi Jo Lovett ham McDonald's burgerida qurt chiqqanini aytmoqda.

Tarmoq vakillari, kompaniyada surishtiruv ishlari olib borilayotgani, aybdorlarga choralar ko‘rilishini ma’lum qilishgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » AQShdagi McDonald's burgerlaridan qurt chiqdi