date
views 384

Toshkent xalqaro aeroporti nazoratchisi jinoyat ustida ushlandi

Toshkent xalqaro aeroporti nazoratchisi jinoyat ustida ushlandi
Toshkent xalqaro aeroportining Aviatsiya xavfsizlik xizmati qo‘riqlash nazoratchilar bo‘linmasi nazoratchisi A.B. xizmat mavqeidan foydalangan holda o‘zganing ishonchiga kirib, uning pul mablag‘ini noqonuniy tarzda o‘zlashtirishni reja qiladi.

Dastlab u ijtimoiy tarmoq orqali jabrlanuvchi bilan tanishadi va uning qarindoshini Toshkent xalqaro aeroportining Aviatsiya xavfsizlik xizmati qo‘riqlash nazoratchilar bo‘linmasiga nazoratchi sifatida ishga kiritib qo‘yish evaziga 2 ming AQSH dollari talab qiladi. Lekin, jabrlanuvchi 1800 AQSH dollari berishini ma’lum qiladi.

2023 yilning 6 dekabr kuni Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, A.B. 1800 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan A.B. ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi va 28,211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borildi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi tomonidan esa A.B. ga nisbatan 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent xalqaro aeroporti nazoratchisi jinoyat ustida ushlandi