
Toshkent viloyatida fuqarolarni chuv tushirib kelgan firibgar treyder qo‘lga olindi. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Toshkent viloyati Ohangaron tumanida yashovchi 52 yoshli T.Sh. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, bank kartasidan 6,2 mln so‘m puli noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Toshkent viloyati Ohangaron tumanida yashovchi 48 yoshli A.X. sodir etganligi aniqlangan.
Unga ko‘ra, A.X. bilan Instagram orqali tanishib, unga o‘zini treyderlik faoliyati bilan shug‘ullanishini va pullarini oz fursatlarda ko‘paytirib berishini va’da qilib, aldov yo‘li bilan 6,2 mln so‘m pulni o‘tkazib olishga erishib, bergan va’dasini bajarmasdan pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan JKning 168-moddasi 2-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.X.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar