14:30 / 25.03.2024
51

26 martdan Toshkentda isitish mavsumi yakunlanadi

26 martdan Toshkentda isitish mavsumi yakunlanadi
Toshkent shahrida 26 martdan markaziy isitish tizimi o‘chiriladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, isitish davri o‘rtacha kunlik harorat 8 darajadan yuqori bo‘lgan besh kunlik muddat tugagandan keyingi kuni tamomlanishi belgilangan.

Shundan kelib chiqib, Toshkent shahri Gidrometeorologiya markazi ma’lumotlari hamda o‘rtacha kunlik havo harorati ayni paytda 10 darajadan yuqori bo‘lishini inobatga olgan holda 26 martdan mavsumini yakunlash rejalashtirilayotganini ma’lum qilamiz”, — deyiladi hokimlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, poytaxtda 6 noyabrdan isitish mavsumi boshlangan. 2023 yil yakuniga ko‘ra, yuridik shaxslar uchun issiqlik ta’minoti xizmatlari tariflari 1,5 baravarga, budjet muassasalari uchun esa 1,6 barobarga oshgandi. O‘shanda aholi uchun tarif o‘zgarishsiz qolgandi, Veolia Energy kompaniyasining issiqlik ta’minoti uchun bazaviy tarifi 67,3 foizga — 664 465 so‘mga oshgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 26 martdan Toshkentda isitish mavsumi yakunlanadi