Romitan tumanlararo iqtisodiy sudining 27.09.2022 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor “Dostonbek Dilshodbek zamiri” MCHJdan undiruvchi “Asaka bank” ATB foydasiga qarz undirish, undiruvni garov mulkiga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Romitan tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
Davlat ijrochisi tomonidan shu kuni ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qaror nusxasi taraflarga yuborilgan.
Qarzdorlikni bartaraf qilish uchun qonunchilikka muvofiq qarzdorga ixtiyoriy muddat berilgan bo‘lsa-da, ijro hujjati talablari bajarilmagan.
Ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli bo‘lgan garov mulki hisoblangan, 6,7 mlrd. so‘mga baholangan, Romitan tumani, “Chelong‘u” MFYda joylashgan, umumiy maydoni 2,2 ga bo‘lgan issiqxona xatlanib, elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi orqali savdoga chiqarilishi ta’minlandi.
Shuningdek, Kogon tumanlararo iqtisodiy sudining 11.04.2023 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor “Firdavs Islom sabzavot” MCHJga tegishli, 3,6 mlrd. so‘mga baholangan issiqxona ham xatlanib, auksion savdosiga chiqarildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»