Surxondaryo viloyatida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Tatariston Respublikasi raisi Rustam Minnixanov «Termiz xalqaro savdo markazi»ga tashrif buyurdi.
Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Tatariston rahbarini Termizdan Afg‘onistonga yuklar o‘tkaziladigan maxsus yo‘lak bilan tanishtirdi. Shundan so‘ng, mehmonlarga «Termiz xalqaro savdo markazi»da amalga oshirilayotgan loyihalar, yaratilayotgan qulaylik va imkoniyatlar haqida taqdimot qilindi.
Markaz hududida 3 mingdan ortiq savdo nuqtalaridan iborat 4 ta savdo kompleksi, har biri 300 o‘rinli mehmonxona va hostel, quvvati 500 ming tonnaga teng bo‘lgan logistika markazi, 300 kishilik restoran, tibbiy diagnostika va sog‘lomlashtirish markazi, quvvati 5 mln metr kub hajmga ega bo‘lgan ishlab chiqarish va omborxona binolari faoliyatini yo‘lga qo‘yish belgilangan bo‘lib, bugungi kunda loyihalar qurilishining 80 foizi amalga oshirilgan.
«Termiz xalqaro savdo markazi» to‘liq quvvatda ishga tushirilgach yiliga 120 mln dollarlik qo‘shimcha eksport imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, markaz hududida alohida erkin savdo rejimi o‘rnatilganligi sababli eksportchi korxonalarga qo‘shimcha qulayliklar yaratilib, barcha xizmatlar «yagona darcha» tamoyili asosida amalga oshiriladi.
Tomonlar kelgusida «Termiz xalqaro savdo markazi» imkoniyatlaridan foydalangan holda loyihalarni amalga oshirish masalalarini ham ko‘rib chiqishdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»