06:00 / 28.03.2024
79

Farg‘onada Telegram bot orqali o‘zgalarning pullarini o‘zlashtirib kelgan 17 yoshli yigit ushlandi

Farg‘onada Telegram bot orqali o‘zgalarning pullarini o‘zlashtirib kelgan 17 yoshli yigit ushlandi
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida yashovchi 20 yoshli (ayol) K.A. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, o‘ziga tegishli bo‘lgan bank kartasidan 32,5 mln so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganini ma’lum qilgan. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi matbuot xizmati xabar berdi.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida yashovchi 17 yoshli M.X. sodir etgani aniqlandi.

Unga ko‘ra, M.X., jabrlanuvchi K.A. bilan Telegram orqali tanishib, unga “Xalyami” botiga ulanib pul o‘tkazsa, yutuq borligi haqida aytib uni ishontirgan. Jabrlanuvchi K.A. 32,5 mln so‘mni Mavlonbek Oripov ismli shaxsga tegishli bo‘lgan bank plastik kartasiga o‘tkazib bergan, ammo hech qanday yutuq olmaganligi ma’lum bo‘ladi.

Mazkur holat yuzasidan JKning 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik, ya’ni aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini yoki o‘zganing mulkiga bo‘lgan huquqni qo‘lga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, M.X.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada Telegram bot orqali o‘zgalarning pullarini o‘zlashtirib kelgan 17 yoshli yigit ushlandi