
Majburiy ijro byurosi Navoiy shahar bo‘limi ish yurituvidagi tijorat banklari foydasiga undiruvlar bilan bog‘liq 119,1 mlrd. so‘mlik 1 740 tadan ortiq ijro hujjatlaridan 333 tadan ortig‘ini ijrosi tamomlanib, 40,2 mlrd. so‘m qarzdorlik undirilgan.
Shuningdek, ijro hujjatlari yuzasidan jami 75 ta 73,5 mlrd. so‘mlik mol-mulklar xatlanib, 66 ta 63,8 mlrd. so‘mlik mol-mulklar onlayn auksion savdolariga chiqarilgan.
Qarzdorlardan tijorat banklar foydasiga kredit qarzdorligini undirish bilan bog‘liq jami 528 nafar qarzdorlarning 6,6 mlrd. so‘mlik qarzdorliklarini qoplash maqsadida ish haqi daromadlari haqida ma’lumotlar aniqlanib, qarzdorliklarni undirish ish haqlariga qaratilgan.
Misol uchun, Karmana tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor “N.” MCHJdan undiruvchi "O‘zsanoatqurilishbank” ATB Navoiy mintaqaviy filiali foydasiga 328 mln. so‘m kredit qarzdorligini undirish yuzasidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida qarzdorlik to‘liq undirilib, ijro hujjati amalda tamomlangan.
Bu boradagi ishlar jadallik bilan davom ettirilmoqda.
Majburiy IjroTijorat BanklariNavoiy ShaharQarzdorlik UndirishOnlayn AuksionMol-Mulklar Xatlanish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing