Shahrisabzda sambo bo‘yicha jahon chempioni To‘ra Avloqulov otib ketildi

Jamiyat1 daqiqa o'qish1.1K
Shahrisabzda sambo bo‘yicha jahon chempioni To‘ra Avloqulov otib ketildi
Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida fuqaro o‘ziga avvaldan tanish bo‘lgan sambochi To‘ra Avloqulovni otib qo‘ydi. Hodisa qo‘lbola usulda yasalgan qurolda sodir etilgan.

Bosh prokuratura taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, hodisa 2024 yilning 29 mart kuni sodir bo‘lgan.

Shahrisabz shahrida yashovchi fuqaro Damas avtomobilida ketayotganda o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan boshqa bir shaxsni ko‘rib qolib, birgalikda kafega borgan va spirtli ichimlik iste’mol qilgan. Ular bir soatlardan so‘ng kafedan chiqib To‘ra Avloqulovni ko‘rib qolgan va uni ham avtomashinaga mindirib, boshqa kafega borgan.

Fuqarolar kafeda pulni to‘lash ustida tortishib qolgan. Fuqaro tanishi To‘ra Avloqulovga yo‘lda kelayotgan paytda 50 ming so‘m pul berganini, shu bois ovqatlanish xarajatini to‘liq to‘lashini aytgan. U hamma pulni to‘lamasligini bildirib, olgan 50 ming so‘m pulini qaytarib bergan. Fuqaro pulni olmasdan, unga jahl qilib, avtomobilidan qo‘lbola usulda yasalgan qurolni olib, sherigining boshiga bir marta o‘q uzgan.

Natijada, To‘ra Avloqulov olgan tan jarohati oqibatida Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasi shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limiga yotqizilgan. Unga o‘q uzgan fuqaro hodisa joyidan qochmoqchi bo‘lib, avtomashinasi bilan ketayotganida hodisa joyidan taxminan 500 metr uzoqlikda tuman IIB tezkor xodimlari tomonidan to‘xtatib qolingan.

Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasi ma’lumotnomasida To‘ra Avloqulovning tanasida og‘ir ochiq teshib o‘tuvchi bosh miya jarohati, bosh miya ichidagi metall va suyak parchalari, chap peshona suyagining parchalanib singan jarohati, chap qosh ustida ezilib yirtilgan ko‘rinishida tan jarohatlari borligi, ahvoli o‘ta og‘ir darajada ekanligi qayd etilgan. U shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan.

“Olamsport.com”ning yozishicha, marhum To‘ra Avloqulov 2023 yili Ostona shahrida o‘tkazilgan faxriylar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etib, 55-59 yoshli sport ustalari o‘rtasidagi bahslarda oltin medalni qo‘lga kiritgan.

Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz tuman prokuraturasi tomonidan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi 2-qismi “d” va “l” bandlari (bezorilik oqibatida, boshqa shaxslarning hayoti uchun xavfli bo‘lgan usulda qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?