14:39 / 03.04.2024
164

Jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudi sudyasi jinoiy javobgarlikka tortiladi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudi sudyasi jinoiy javobgarlikka tortiladi
Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda kengash matbuot xizmati xabar berdi.

Bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilish doirasida bosh prokurorning Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudi sudyasi Sh.A.ni Jinoyat kodeksining 168-, 28-211-moddalarining tegishli qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortishga oid taqdimnomasi muhokama qilindi.

Yakunda kengash xulosasi bilan Sh. A.ni jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik bildirildi va uning sudyalik vakolati to‘xtatildi.

Tergov siri va aybsizlik prezumpsiyasi talablaridan kelib chiqib, boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudi sudyasi jinoiy javobgarlikka tortiladi