15:43 / 03.04.2024
286

Xorazmda katta janjal rejalashtirgan ikki guruh a’zolari qo‘lga olindi

Xorazmda katta janjal rejalashtirgan ikki guruh a’zolari qo‘lga olindi
Xorazm viloyati Urganch tumanida 31 mart kuni ikkita guruh o‘rtasida rejalashtirilgan janjalning oldi olindi, deb xabar berdi viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati.

Shu kuni tumanning Bog‘dorchi mahallasi hududida 30 nafarga yaqin fuqaro o‘zaro guruh-guruh bo‘lib mushtlashishni rejalashtirgani to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan.

Viloyat IIB va DXX boshqarmasi xodimlari hamkorlikda amalga oshirgan tezkor tadbirda janjal to‘xtatib qolingan. Aniqlanishicha, ikki nafar shaxs o‘zaro nizoni tanishlarini jalb qilgan holda, guruh-guruh bo‘lib janjallashish orqali hal qilishga uringan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 9 nafar shaxs ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

Shuningdek, hodisa ishtirokchisi bo‘lgan yana 6 nafar shaxs Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183 (Mayda bezorilik) va 194-moddalariga (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) asosan 15 sutka muddatga ma’muriy qamoqqa olingan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xorazmda katta janjal rejalashtirgan ikki guruh a’zolari qo‘lga olindi