
Bugun, Xonnazar mahalla fuqarolar yig‘inida Samarqand viloyati IIB boshlig‘i, polkovnik R.Mamatov va tuman hokimi D.Shakarboyev ishtirokida navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

Qabul davomida fuqarolar hayotida uchraydigan muammolarni bartaraf etish, ularni qiynab kelayotgan jarayonlarga yechim topish masalalariga e’tibor qaratildi.

Murojaatchilardan tegishli tartibda arizalar qabul qilinib, huquqiy maslahatlar berildi.

Shuningdek, qabulda 16 yoshga to‘lgan va ilk bor katta hayotga qadam qo‘yayotgan yoshlarga ID-kartalar topshirilib, ularning kelgusi hayotiga omad tilandi.



Samarqand ViloyatiIIB BoshligiFuqarolar Yig‘iniSayyor QabulYoshlarga ID-kartaMurojaatlar Qabul Qilindi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing