Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan IJQKD va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Marhamat tumanida yashovchi, 1997 y.t. shaxs Asaka tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroni Meksika davlati orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborish evaziga 19 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 15 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.
Tezkor tadbir davom ettirilib, 15 ming AQSH dollaridan 6 ming AQSH dollarini olgan vaqtida mazkur noqonuniy ishga aloqador bo‘lgan, Marhamat tumanida yashovchi, 1992 y.t. fuqaro ham qo‘lga olindi.
DXX Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida yashovchi, 1997 y.t. shaxs Nurota tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroni Meksika orqali Qo‘shma Shtatlarga yuborish evaziga 14 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.
DXX Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan IJQKD bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Jizzax shahrida yashovchi, 1998 y.t. shaxs 15 ming AQSH dollari evaziga Sardoba tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroni Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborishni va’da qilib, oldindan 12 ming AQSH dollari va 6 mln. so‘m olgan vaqtida ushlandi.
Shuningdek, DXX Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda Bektemir tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent viloyatining Angren shahrida yashovchi, 1990 y.t. ayol Chilonzor tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroga viza va boshqa tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib, uni «Turkiya-Nikaragua-Meksika» yo‘nalishi orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborish evaziga 16 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 9 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»