Foto: Ichki ishlar bosh boshqarmasi YHXB axborot xizmati
Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro yo‘l patrul xizmati inspektorlaridan berkinishga uringani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Ichki ishlar bosh boshqarmasi YHXB axborot xizmati munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, holat 2024 yilning 4 fevral kuni, soat 20:30 larda Bektemir tumanida sodir bo‘lgan. Tungi xizmatga jalb qilingan YPX inspektorlari tomonidan davlat raqam belgilarini o‘zboshimchalik bilan yechib harakatlanib kelayotgan Spark rusumli avtomashina haydovchisiga jezl va hushtag yordamida to‘xtash ishorasi berilgan. Biroq haydovchi bunga bo‘ysunmasdan harakatlangan.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida avtomashina to‘xtatilib, 2 nafar holislar ishtirokida avtomashina ko‘zdan kechirilganda davlat raqam belgilari salonda ekanligi aniqlangan. Holat yuzasidan YPX inspektori tomonidan haydovchi — 2005 yilda tug‘ilgan Sh.M.ga nisbatan MJTKning 125-moddasi (Transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Shuningdek, ushbu avtomashina haydovchisi 4 mart kuni Bektemir tumanida YPX inspektorlari tomonidan to‘xtatilib hujjatlarini tekshirish davomida, o‘zini tutishi va gap-so‘zidan YPX inspektorlarida shubha uyg‘otgan. 2 nafar xolislar ishtirokida haydovchi va avtomashina ko‘zdan kechirilganda, avtomashina salon qismidan o‘tkir hidli, oq rangli kukunsimon modda borligi aniqlangan.
Holat bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro hamda aniqlangan modda Bektemir tuman IIO FMBga topshirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi