13:57 / 09.04.2024
76

Qariyb 2 mlrd so‘mlik sifati kafolatlanmagan dorilar fosh qilindi

Qariyb 2 mlrd so‘mlik sifati kafolatlanmagan dorilar fosh qilindi
Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida yashovchi, 28 yoshli shaxs «Banksef», «Zanasef», «Gansef» va «Gandsef» nomli jami 3 ming 767 dona dori vositalarini 54 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. U dori vositalarini mazkur tumanda yashovchi, 28 yoshli fuqarodan olgan.

DXX axborot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu shaxs ham muqaddam sotgan dorilari uchun 26 mln so‘m olgan vaqtida ushlangan. Shuningdek, uning xonadoni tegishli hujjatlari bo‘lmagan, umumiy bahosi 1 mlrd 307 mln so‘mlik jami 14 ming 909 dona dori vositalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu dori vositalari – tibbiyotda qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar davlat ro‘yxatidan o‘tmagan.

Sirdaryo viloyati Xovos tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa shu tumanda yashovchi fuqaroning xonadonidan Xitoy davlatida ishlab chiqarilgan, tegishli hujjatlari bo‘lmagan va sifati kafolatlanmagan, umumiy qiymati 593 mln 142 ming so‘mlik 49 020 dona flakonda «Ampisul» nomli dori vositalari borligi aniqlangan hamda ularning egasi hisoblangan Bekobod shahrida yashovchi, 34 yoshli shaxs qo‘lga olingan. Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv davomida, ushbu dori vositalarini Farg‘ona viloyatida yashovchi, 1990 va 1994 yillarda tug‘ilgan 2 nafar fuqaro Tojikistondan bojxona nazoratini chetlab o‘tib, olib kelganliklari aniqlanib, ular ham ushlandi.

Hozirda har ikki holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qariyb 2 mlrd so‘mlik sifati kafolatlanmagan dorilar fosh qilindi