21:45 / 09.04.2024
195

Nima uchun tuxum sarig‘ida qizil dog‘lar bo‘ladi?

Nima uchun tuxum sarig‘ida qizil dog‘lar bo‘ladi?
Foto: “Cosmo.ru”
Ko‘p hollarda tuxumni o‘zi pishiradigan yoki hech bo‘lmaganda qaynatgan har bir kishi tuxum sarig‘idagi qon dog‘larini ko‘rgan bo‘lishi mumkin. Wday nashri bu mahsulotni iste’mol qilish qanchalik to‘g‘riligi haqida ma’lumot berdi.

Tuxum sarig‘idagi qizil dog‘lar ko‘plab mish-mishlarga sabab bo‘ladi. Kimdir buni tovuq embrioni deb o‘ylaydi. Bu parrandachilikda tuxumning xo‘rozsiz paydo bo‘lishi oqibatida yuzaga keladi. Bular tuxum sarig‘i “o‘sgan” sariq qopning qon tomirlaridagi to‘qimalar yoki qonning kichik qismlari hisoblanadi. Qop yorilib ketganda, qonning bir qismi tuxumning sarig‘iga kirishi mumkin. Bunday inklyuziyalar insonlar uchun xavf tug‘dirmaydi. Dog‘larni qoshiq yoki pichoq yordamida ehtiyotkorlik bilan olib tashlashingiz va tuxumdan foydalanishingiz mumkin”, — deydi mutaxassis diyetolog Albert Godin.

Qizil dog‘lar nima?

Tuxum hosil bo‘lganda jarayon sariq qopdan boshlanadi. Unda qon va ozuqani tashiydigan qon tomirlari mavjud. Tuxum sarig‘i paydo bo‘lganidan so‘ng, qopdan chiqariladi, biroq ba’zida bu jarayon davomida qon tuxum sarig‘iga tushishi mumkin.

Bundan tashqari, tovuqning yoshi qanchalik katta bo‘lsa, tuxumda bunday yetishmovchilik tez-tez uchraydi. Bu ham yengil genetik kasallik bo‘lishi mumkin, deb ishoniladi.

Ko‘pincha bunday holatlar jigarrang qobiqli tuxumlarda uchraydi. Haqiqatan ham, tuxumni sotish uchun yuborishdan oldin, ular maxsus qurilma bilan tekshiriladi. Qorong‘i qobiq tuxumni yaxshi tekshirishni qiyinlashtiradi, shuning uchun ularda bunday nuqson ko‘proq uchraydi. Agar siz uchun tuxum sarig‘i toza va kamchiliklarsiz bo‘lishi muhim bo‘lsa, faqat ingichka qobiqli oq tuxumni sotib oling. Ularda bunday holat uchrashi minimal.

Foto: “Cosmo.ru”
Tuxum sarig‘i tarkibidagi qon qo‘shimchalari inson salomatligiga tahdid solmaydi, bu kichik kamchilik hisoblanadi. Shuning uchun tuxumni xavfsiz pishirish mumkin. Aytgancha, rad etilgan tuxumlardan tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarishda foydalaniladi. Bu qizil nuqta insonlar uchun xavf tug‘dirmasligi va har qanday tuxumlarda uchraydigan kasallik belgisi emasligining yana bir dalili.

Qanday tuxumni iste’mol qilmaslik kerak?

Birinchi navbatda, muddati o‘tgan, eskirgan tuxumni iste’mol qilmaslik kerak. Masalan, parhezli ovqatlanish uchun tuxum 7 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda saqlanadi. Bundan tashqari, zararli mikroorganizm va bakteriyalar ko‘payishining oldini olish uchun barcha tuxumlar muzlatkichda saqlanishi kerak. Tuxum muzlatkichda 25 kungacha yangiligini saqlaydi. Agar tuxumni yuvsangiz, 12 kun ichida yeyishingiz kerak bo‘ladi.

Tuxumni ishlatishdan oldin sovuq suvli idishga solib qo‘yish kerak. Agar tuxum suv yuzasida tursa, uni yeyish mumkin emas.

Shunga ko‘ra, agar tuxumda sifati buzilganidan keyin yoqimsiz hid paydo bo‘lsa, uni iste’mol qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun pishirish vaqtida tuxumni alohida idishga sindirish tavsiya etiladi. Tuxum sarig‘idagi jigarrang va qizil dog‘lar xavfli emas, shuning uchun ularni bemalol iste’mol qilish mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nima uchun tuxum sarig‘ida qizil dog‘lar bo‘ladi?