Prezident Shavkat Mirziyoyev dunyoda sodir bo‘layotgan voqealar xususida gapirdi.
"Jahonda nimalar bo‘layotganini siyosatdan uzoq odam ham ko‘rib bilyapti. ”Men siyosatchi emasman” degan odam ham ko‘rib, tushunib yetyapti. Juda ko‘p masalalar bor, yechimi yo‘q. Xalqaro maydonda balans buzildi, qonun-qoidalari mutlaqo o‘zgardi. Hatto do‘stim deb yurgan davlatlar orasida o‘zaro ishonch yo‘q bo‘ldi desak, bu ham adolatli. Ertaga dunyoda bu notinchlik ko‘lami qayergacha kengayishini hech kim bilmaydi.
Bu gaplarni nima uchun aytyapman, bu musaffo mustaqillikning qadriga yetyapmizmi, yo‘qmi? Tashqarida qanday tahlika bo‘lishidan qat’i nazar, biz odamlarimizni rozi qilsak, o‘sha tahdidga tayyor bo‘lolamiz.
Mamlakatimizda tinchlikni saqlash, odamlarimizni daromadli qilish, ularga munosib sharoit yaratish uchun bizga barqaror va tez sur’atlarda o‘sadigan iqtisodiyot kerak. Yuqori daromadli yangi ish o‘rinlari, eksport kerak. Mana shu aytgan narsalarimning tagida bitta narsa bor — fidoyilik va vatanparvarlik kerak. Eng katta narsa — ong o‘zgarishi kerak. Pirovardida ish o‘rni, odamlarni inontirish, davlat siyosatiga xizmat qilish kerak bo‘ladi.
Baribir qildiraman. Xudo menga sog‘liq berib, umr bersa, bizda kambag‘allik va ishsizlik bo‘lmaydi. Nimaga desangiz, bunga men 7 yil umrimni qo‘ydim. Tizim yaratdim, qonun yaratdim, dunyoni ochib berdim. Xalqim yaxshi yashasin, niyatlari amalga oshsin, bolalari baxtli bo‘lsin, nevaralari sog‘lom tug‘ilsin, maktabi ishlasin, yo‘llari ravon bo‘lsin deb ishga keldim. O‘zbek xalqini kim o‘ylaydi, biz o‘ylamasak?", – dedi Shavkat Mirziyoyev. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”