Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi hamkorligida respublika bo‘ylab «Toza havo» oyligining birinchi bosqichi boshlandi.
«Toza havo» oyligi «Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida» hamda «Ekologik nazorat to‘g‘risida»gi qonunlar ijrosini ta’minlash maqsadida 2 bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi bosqich 10 apreldan 10 maygacha, ikkinchi bosqich 10 avgustdan 10 sentyabrgacha (Toshkent shahrida 10 sentyabr-10 oktyabr) davom etadi.
Tadbir davomida respublika barcha hududlaridagi yo‘l-patrul maskanlarida, viloyat, tuman (shahar)larning markaziy ko‘chalarida benzin, dizel, tabiiy siqilgan va suyultirilgan gazda harakatlanadigan avtotransport vositalarining atmosfera havosiga tashlanayotgan zararli gazlar miqdori maxsus asbob-uskunalar orqali ko‘rikdan o‘tkaziladi. Ekologik nosoz deb topilgan transport vositalari haydovchilariga tegishli choralar ko‘rilib, nosozlik bartaraf etilmaguncha transport vositasidan foydalanish taqiqlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi